Qovoq ichiga tovuq go‘shti qiymasi va guruch solib tayyorlanadigan ushbu taom juda mazali ta’mga va xushbo‘y hidga ega. Taomga qo‘shimcha ravishda o‘zingizga yoqqan sabzavotlarni qo‘shishingiz ham mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • o‘rtacha kattalikdagi qovoq — 2 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq va yana moylash uchun 
  • guruch — 150 g
  • piyoz — 1-2 dona
  • sarimsoq — 2-3 donacha
  • tovuq go‘shti qiymasi — 450 g
  • pomidor qaylasi — 3-4 qoshiq
  • maydalangan qizil qalampir — ta’bga ko‘ra
  • pishloq — 150 g

Tayyorlanishi:

  1. Qovoqlarni ikkiga bo‘ling. Ularning urug‘larni va tolalarini olib tashlang.
  2. Qovoqqa biroz tuz va murch qo‘shib, ichini yog‘lab oling.
  3.  Qovoq yarmini kesilgan tomonini pastga qaratib, pishirish varag‘iga qo‘ying. Taxminan 30 daqiqa davomida 180 daraja haroratda pishiring.
  4. Guruchni pishguniga qadar 20 daqiqa davomida qaynatib oling. Uni sovutishga qo‘ying.
  5. Qovoqni sovutib oling va ichiga mahsulotlarni solish uchun bir tekis qilib mag‘zining bir qismini qoshiq bilan qirib tashlang.
  6. Qovoqdan olingan mag‘zini va piyozni mayda bo‘laklarga bo‘lib oling. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing.
  7. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Piyozni yumshoq bo‘lgunga qadar qovuring. Unga sarimsoq, qovoq bo‘laklarini qo‘shing va yana yarim daqiqa pishiring.
  8. Qiymani tovaga soling va yana 4-5 daqiqa davomida qovurib oling.
  9. Tovaga pomidor qaylasini qo‘shing va 2-3 daqiqadan so‘ng tuz, murch va qizil qalampir qo‘shing. Hammasini aralashtiring va yana 3-4 daqiqa qovuring.
  10. Qovoqning yarmini qiyma bilan to‘ldiring va maydalangan pishloq seping. Yana 15 daqiqa davomida pechga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz