Sutli krem qo‘shilgan mazali fransuz pishirig‘ini tayyorlash uchun sabr-toqatli bo‘lishingiz kerak. Biroq natija bunga arziydi. Yupqa xamir va shirin krem shirinlikda o‘zgacha ta’mni hosil qiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Krem uchun kerakli masalliqlar:

  • un — 500 g
  • shakar — 55 g
  • tez achituvchi xamirturush — 11 g
  • tuz — 1 qoshiq
  • sariyog‘ — 320 g 
  • suv — 140 ml va 1 qoshiq
  • sut — 140 ml
  • tuxum — 1 dona

Xamir uchun kerakli masalliqlar:

  • tuxum sarig‘i — 6 dona
  • makkajo‘xori kraxmali — 30 g
  • shakar — 140 g
  • sut — 500 ml
  • sariyog‘ — 1 qoshiq
  • vanilin — 2 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Unni elakdan o‘tkazing va uni shakar, xamirturush va tuz bilan aralashtiring. Keyin 40 g yumshoq sariyog‘, iliq suv va sut qo‘shing.
  2. Yumshoq va ozgina yopishqoq xamir hosil qiling. Uni idishga soling, yopishqoq plyonka bilan yoping va 8-10 soat davomida muzlatgichga qo‘ying.
  3. Pergament qog‘oz yoki oziq-ovqat plyonka varaqlari orasiga 280 g sariyog‘ qo‘ying va yon tomoni 17 sm bo‘lgan kvadrat shaklida o‘rang. Uni sovutgichda qotib qolguncha qo‘yib oling.
  4. Xamirni kesib 26 santimetrli kvadrat shaklida o‘rang. Ustiga muzlatilgan sariyog‘ bo‘laklarini qo‘ying.
  5. Yog‘ solib bo‘lgandan keyin xamir chetlarini bukib chiqing. Xamirni pastki tomoni bilan qo‘ying va 20 smga 60 sm o‘lchamdagi to‘rtburchak shaklidagi xamirlarni kesib oling.
  6. Qatlamni tor tomonini o‘zingizga qaratib qo‘ying. Xayolan uni uch qismga bo‘ling. Pastki uchdan bir qismini markazga egib, yuqori uchdan bir qismini yoping. 30-40 daqiqa davomida muzlatgichga qo‘ying.
  7. Xamirni 60 smga 20 sm o‘lchamdagi to‘rtburchaklar shaklida yoyib, oldingi bosqichdagi kabi qatlang va yana 30-40 daqiqa davomida muzlatgichga qo‘ying.
  8. Xuddi shu tarzda xamirni yoyib, yana buklab, muzlatgichda 8-10 soatga qoldiring.
  9. Krem uchun tuxum sarig‘i, kraxmal va shakarni ko‘pirtirgich bilan aralashtiring. Sutni qaynating. Sutni qaynatib bo‘lganingizdan keyin aralashtirib, tuxum sarig‘ini qo‘shing.
  10. Massani kichik elakdan o‘tkazing va pishirishga qo‘yib qalinlashguncha 2-3 daqiqa aralashtiring.
  11. Kremga sariyog‘, vanilin qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Kremni yopishqoq plyonka bilan yoping va 3-4 soat davomida muzlatgichga qo‘ying.
  12. Xamirni 110 smga 20 sm o‘lchamdagi qatlamda yoyib, 20-30 daqiqa davomida muzlatgichga qo‘ying. Uni 8 ta teng to‘rtburchaklarga bo‘lib oling, so‘ngra ularni diagonal ravishda yarmiga bo‘ling. 16 ta xamir bo‘laklarini hosil qiling.
  13. Har bir uchburchak shaklidagi xamirning markazida kichik bir kesma hosil qiling va xamirning uchlarini bir oz cho‘zing.
  14. Xuddi shu tomondan boshlab, uchburchaklarni rulonlarga aylantiring. Pergament qog‘oz bilan qoplangan listga ularni pastki tomoni bilan qo‘ying.
  15. Bir choy qoshiq suv bilan tuxumni vilka bilan aralashtiring. Xamirni yog‘lang. Uning bo‘laklarini 2 soat davomida ko‘tarilishi uchun iliq joyda qoldiring.
  16. Pechni 210 daraja haroratda oldindan qizdiring. Kruassanlarga yana tuxum surting. Agar xohlasangiz, maydalangan bodom bilan seping.
  17. Kruassanlarni 7 daqiqa davomida pishiring, so‘ngra haroratni 190 darajaga tushirib yana 13 daqiqa pishirib oling. Uni pechdan olib sovuting.
  18. Kremni uchli qandolat paketiga soling. Kruassanlarning pastki qismida kichik bir teshik oching va u orqali kremni quying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz