Tovuq va qo‘ziqorin qo‘shib tayyorlanadigan ushbu taom juda mazali ta’m va yoqimli hidga ega. Yegulikka ta’bingizga qarab pishloq qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tovuq filesi — 250-300 g
  • qo‘ziqorin — 250-300 g
  • piyoz — 1 dona
  • pishloq — 120-150 g
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • yog‘li qaymoq — 50-60 ml
  • bulochka — 4 dona

Tayyorlanishi:

  1. Tovuq va qo‘ziqorinni o‘rtacha bo‘laklarga bo‘ling, piyozni esa mayda qilib to‘g‘rab oling. Pishloqni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda tovada qizdirib oling. Tovuqni bir necha daqiqa davomida, rangi o‘zgargunga qadar qovuring.
  3. Tovaga piyozni soling. Yumshoq va yengil qizarguncha pishirishda davom eting.
  4. Qo‘ziqorinlarni ham tovaga soling. Barcha mahsulotlarni aralashtiring, idishni qopqoq bilan yoping va yana 5 daqiqa davomida olovda qoldiring.
  5. Qaymoqqa tuz, murch va pishloqning yarmini qo‘shing. Hammasini aralashtirib idishning tagini o‘chiring.
  6. Bulochkalarning ustki qismini kesib oling va mahsulotlarni solish uchun ichki qismini kesib oling.
  7. Bulochkalarni tovuq qiymasi bilan to‘ldiring va ularni pergament qog‘ozga soling. Ustiga pishloqning qolgan qismini seping va bulochkaning kesib olingan qismi bilan yegulikning ustini yoping.
  8. Yegulikni 220 daraja haroratda 5-7 daqiqa davomida pechga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz