Yumshoq xamir, quyultirilgan sut va shakar qo‘shib tayyorlanadigan “shaftoli” shirinligi juda mazali ta’mga ega. Pechenyega quyultirilgan sut o‘rniga o‘zingizga yoqqan murabbolarni qo‘shsangiz ham bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 2 dona
  • shakar — 150 g va yana shirinlikning ustiga sepish uchun
  • sariyog‘ — 60 g
  • smetana — 2 qoshiq
  • un — 450 g
  • pishiriq kukuni — 2 qoshiq
  • tuz — 1 chimdim 
  • quyultirilgan sut — 200 g 
  • lavlagi — 2 dona
  • sabzi — 2 dona

 Tayyorlanishi: 

  1. Tuxum va shakarni qo‘shib mikser bilan yengil yumshoq massa holiga kelguncha aralashtiring. Unga eritilgan sariyog‘ va smetanani qo‘shib yana aralashtirib oling.
  2. Unni elakdan o‘tkazing va pishirish kukuni, tuz qo‘shib aralashtiring. Sekin-asta quruq mahsulotlarni sariyog‘, smetanaga qo‘shib yumshoq, silliq xamir holiga keltiring.
  3. Xamirni oziq-ovqat plyonkasiga o‘rang va 15-20 daqiqa davomida muzlatgichga qo‘ying.
  4. Xamirni qalinligi 4-5 mm bo‘lgan qatlamga yoying. Stakan yordamida diametri 4-5 sm bo‘lgan bir xil doiralarni kesib oling.
  5. Pechni 180 daraja haroratda oldindan qizdirib oling. Listni pergament qog‘ozi bilan o‘rang.
  6. Xamirni listga qo‘ying. Ularni qizargunga qadar 20-25 daqiqa davomida pishiring. Har bir pechenyening markazida kichik bir chuqurcha hosil qiling.
  7. Har bir bo‘sh chuqurchalarni quyultirilgan sut bilan to‘ldiring. Shaftoli shaklidagi pechenye tayyorlash uchun ularni bir-birga yopishtiring.
  8. Lavlagi va sabzi sharbatini siqib oling. Har bir pechenyening bir tomoniga sabzi sharbati, ikkinchi tomoniga esa lavlagi sharbatini soling. “Shaftolilar”ni shakarga soling. Shirinliklarni simli panjara ustiga qo‘ying va 20-30 daqiqa davomida quriting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz