Tvorog qo‘shib tayyorlanadigan pryaniklar mazali ta’m va yoqimli hidga ega. Uni do‘kondan sotib olmasdan retsept asosida o‘zingiz uyda tayyorlashingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tvorog — 250 g
  • tuxum — 1 dona
  • shakar — 220 g
  • tuz — 1 chimdim
  • o‘simlik yog‘i — 90 ml
  • sut — 90 ml
  • vanilin — 2 qoshiq
  • un — 500 g
  • pishiriq kukuni — 3 qoshiq
  • shakar kukuni — 130 g
  • limon sharbati — yarim qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Tvorogni elakdan o‘tkazing yoki blender yordamida aralashtirib oling. Tuxumning sarig‘ini oqidan ajratib oling va sarig‘ini tvorogga qo‘shing. Oq qismini esa glazurga solish uchun olib qo‘ying.
  2. Tvorogga shakar, tuz, sariyog‘, sut va vanilinni qo‘shing. Keyin yaxshilab aralashtiring.
  3. Unni elakdan o‘tkazing va pishirish kukuni bilan aralashtiring. Tvorog massasini solib, yumshoq xamir tayyorlang.
  4. Pechni 190 daraja haroratda qizdiring. Listni pergament qog‘oz bilan o‘rang.
  5. Xamirni 15-20 mm qalinlikdagi qatlamga yoyib chiqing. Stakan yoki shakllar bilan diametri 5-6 sm bo‘lgan yumaloq bo‘laklarni kesib oling.
  6. Pryaniklarni listga qo‘ying. Pishiriqni qizargunga qadar 20-25 daqiqa davomida pishiring.
  7. Bu vaqtda tuxumning oq qismini shakar kukuni va limon sharbati bilan silliq bo‘lguncha aralashtiring.
  8. Iliq pishiriqlarni simli panjara ustiga qo‘ying, tuxumning oqini surting va quriguncha 20-30 daqiqaga qoldiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz