Lifehacker nashri tayyorlanishi oddiy, ammo mazasi og‘izda qoladigan naggets retsepti bilan bo‘lishdi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- un — 120 gramm;
- tuxum — 2 ta;
- suv — 2 osh qoshiq;
- quritilgan non — 250 gramm;
- tovuq filesi — 300-350 gramm;
- o‘simlik yog‘i — 500 ml;
- tuz va murch.
Tayyorlanish jarayoni:
- Un, tuz va murch bir idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
- Tuxum suv bilan ko‘pirtiriladi. Quritilgan non alohida idishga solinadi.
- Tovuq mayda bo‘laklarga bo‘linadi va unli aralashmaga botiriladi.
- So‘ngra, tuxumli aralashma va quritilgan nonga ham botiriladi.
- Yog‘ o‘rtacha olovda qizdirilib, tovuq bo‘laklari har ikki tomondan qizarguncha qovuriladi.
- Ortiqcha yog‘dan xalos bo‘lish uchun naggetslar qog‘oz salfetka ustiga terib chiqiladi.
Yoqimli ishtaha!