Lifehacker nashri taqdim etgan qovoqchali rulet retsepti issiq kunlar uchun ayni muddao. Yegulikka qo‘shilgan sarimsoq va ko‘katlar ishtahani ochishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha — 2 dona;
  • tuxum — 2-3 dona;
  • un — 3-4 osh qoshiq;
  • o‘simlik moyi — 4-5 osh qoshiq;
  • sarimsoq — 2-3 bo‘lak;
  • tvorog — 100-120 gramm;
  • mayonez — 1-2 osh qoshiq;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qovoqcha tozalanib, uzunligi bo‘ylab, ingichka kesib olinadi. Tuzlab, 15-20 daqiqaga qoldiriladi. So‘ngra qog‘oz salfetka bilan artib olinadi.
  2. Idishda tuxum, tuz va murch sanchqi yordamida ko‘pirtiriladi. Alohida idishga un sepiladi.
  3. O‘rtacha olovda qizdiriladi. Qovoqchaning har ikki tomoni unga botiriladi. Keyin tuxumli aralashmaga va yana unga botiriladi. Olovda har ikki tomoni qizargunga qadar qovuriladi.
  4. Qovoqchadagi ortiqcha yog‘ni bartaraf etish uchun qog‘oz salfetkalar ustiga terib chiqiladi.
  5. Sarimsoq va ko‘katlar mayda to‘g‘raladi.
  6. Tvorog tuz, mayonez qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
  7. Sovigan qovoqchalar ustiga tvorogli nachinka solinadi va rulet tayyorlanadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz