Qovurilgan qovoqcha, suvli pomidor va qaynatilgan tuxumdan tayyorlanadigan salat yoqimli ta’mga ega. Uning yanada mazaliroq bo‘lishini istasangiz biroz sarimsoq qo‘shishni unutmang.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tuxum — 4-5 dona
  • qovoqcha — 1 dona
  • o‘simlik yog‘i — 4-5 qoshiq
  • pomidor — 3-4 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • sarimsoq — 1-2 dona
  • smetana yoki mayonez — ta’bga ko‘ra
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxumni 10 daqiqa qaynatib oling.
  2. Qovoqchani ingichka qilib kesib oling. Agar qovoqcha juda kichkina bo‘lsa yana yarimta qovoqchani kesing.
  3. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdiring. Qovoqchani bir tekis joylashtiring va ikkala tomoni ham qizarguncha qovuring. Keyin uni qog‘oz sochiqlarga yoyib chiqing. Barcha qovoqcha bo‘laklarini xuddi shunday pishirib oling.
  4. Tuxum va pomidorni katta bo‘laklarga bo‘ling. Qovoqchaga tuz va murch qo‘shing
  5. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing va uni smetana yoki mayonez bilan aralashtiring.
  6. Barcha mahsulotlarni aralashtiring va ustiga ko‘katlarni seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz