Barcha sevib iste’mol qiladigan oddiy salat quymoqdan tayyorlangan atirgullar bilan bayramona ko‘rinishga ega bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

Salat uchun:

  • lavlagi – 2 dona;
  • sabzi – 2 dona;
  • kartoshka – 2 dona;
  • seld balig‘i – 1 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • mayonez.

Bezak uchun:

  • tuxum – 1 dona;
  • sut – 300 ml;
  • un – 80-120 gramm;
  • o‘simlik moyi – 1 osh qoshiq;
  • pishloq – 180-200 gramm;
  • lavlagi – 2 dona;
  • sarimsoq – 1-2 dona;
  • tuz va ziravorlar, mayonez, ko‘kat.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Lavlagi, sabzi, kartoshka qaynatib olinadi.
  2. Seld balig‘i kichik bo‘laklarga bo‘linadi.
  3. Quymoq xamiri uchun tuxum, sut va bir chimdim tuz yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra yog‘ qo‘shiladi.
  4. Quymoqlar biroz yog‘langan tovada ikki tomoni qizarguncha qovurib olinadi.
  5. Salat uchun qaynatilgan mahsulotlar qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Piyoz mayda to‘g‘raladi.
  6. Idishga avval mayonez solinadi va ustma-ust kartoshka, seld balig‘i, piyoz, sabzi, lavlagi joylashtiriladi. Har bir qatlam orasiga mayonez solinadi.
  7. Bezak uchun suyuq pishloq va lavlagi qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Sarimsoq, tuz, qalampir va mayonez bilan aralashtiriladi.
  8. Quymoqlarga lavlagili aralashma surtiladi va rulet shaklida o‘raladi.
  9. Salat usti salat barglari va quymoqli atirgul bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz