Ko‘pchilikka bolalikdan tanish bo‘lgan tvorogli pechenyelarni tayyorlash juda oddiy. Mazali va yumshoq shirinlikni, albatta, tayyorlab ko‘rishingizni tavsiya qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog – 300 gramm;
  • sariyog‘ – 150 gramm;
  • un – 230 gramm;
  • qabartma – 1/2 choy qoshiq;
  • shakar – 150 gramm;
  • tuz, vanil.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tvorog sariyog‘ bilan sanchqi yordamida yaxshilab maydalanadi.
  2. Un, qabartma va tuz aralashtiriladi.
  3. Tvorog bilan un aralashmasi qo‘shilib, xamir qoriladi.
  4. Xamir muzlatkichda 20-30 daqiqaga qoldiriladi.
  5. So‘ngra xamir yupqa qilib yoyiladi.
  6. Stakan yordamida xamirdan bir nechta dumaloq shakl kesib olinadi.
  7. Shakar va vanil aralashtiriladi va xamir bir tomoni shakarli aralashmaga botirib olinadi. Shakarli qismi ichkariga qaratib, ikki buklanadi.
  8. Bu safar shakar ust qismida qolishi uchun uchburchak shaklida buklanadi va bir tomoni shakarga botiriladi.
  9. Qolgan xamir ham xuddi shu tarzda tayyorlanadi.
  10. Qolipga shakarli tomoni yuqoriga qaratib terib chiqiladi.
  11. 180 daraja pechda 20 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz