Ushbu tortni tayyorlash uchun bor-yo‘g‘i 4 ta mahsulot kerak bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • meva sharbati – 1 litr;
  • shakar – 200 gramm;
  • manniy yormasi – 8 osh qoshiq;
  • pechenye – 700 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sharbat, shakar va manniy yormasi aralashtiriladi va quyuqlashguncha qaynatiladi.
  2. Aralashma 3-4 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  3. Sovutilgan massa 2-3 daqiqa davomida silliq bo‘lguncha mikser qilinadi.
  4. To‘rtburchak qolipga plyonka solinadi. Maydalangan pechenye joylashtirilib, ustidan yormadan tayyorlangan krem surtiladi.
  5. Mahsulot tugagunga qadar jarayon davom ettiriladi.
  6. Tort banan yoki shokoladlar bilan ta’bga ko‘ra bezatiladi va 6-8 soat davomida muzlatkichda qoldiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz