Bir necha mahsulotdan qisqa vaqt ichida pechenye tayyorlab ko‘ring. Shirinlikning ta’mi og‘izda qolishi tabiiy.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Kerakli mahsulotlar:

  • un – 300 gramm;
  • tuz – 1 choy qoshiq;
  • shakar – 50 gramm;
  • sariyog‘ – 150 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech avvaldan 180 darajada qizdiriladi va pishiriq qolipiga pergament qog‘oz solinadi.
  2. Idishga un, tuz va shakar solib aralashtiriladi.
  3. Xamir qum ko‘rinishida bo‘lgunga qadar sariyog‘ ham qo‘shilib, yaxshilab uvalanadi.
  4. Asta-sekin xamir qoriladi.
  5. Xamir yuzasiga biroz tuz va shakar sepiladi.
  6. So‘ngra turli xil shakllar kesib olinadi va sanchqi yordamida bezak berish mumkin.
  7. Xamir qizargunga qadar 30 daqiqa davomida pishiriladi.
  8. Tayyor bo‘lgach shirinliklar xona haroratida sovutiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz