Xushta’m taom retsepti pazanda bekajonlar uchun ayni muddao.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 700-800 gramm;
  • kartoshka — 800-900 gramm;
  •  qo‘ziqorin — 6-8 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  •  piyoz — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  •  smetana — 2 osh qoshiq;
  •  suv — 300-350 ml;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq, kartoshka, qo‘ziqorin o‘rtacha, sabzi, piyoz va ko‘kat mayda to‘g‘raladi.
  2. Multivarkaga yog‘ quyiladi va “qovurish” rejimiga qo‘yiladi.
  3. Piyoz solinib, 3-5 daqiqa davomida qovuriladi.
  4. Ustidan qo‘ziqorin va tovuq go‘shti solinib, yana 10 daqiqa qovuriladi.
  5. Smetana, suv, tuz va ziravorlar solinadi. So‘ngra kartoshka, sabzi va ko‘kat qo‘shiladi.
  6. Oxirida smetana solinib, qopqoq yopiladi va 1 soat davomida pishirishga qo‘yiladi.
  7. Tayyor bo‘lgach issiq holda dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz