Tuxum oqsil, B vitamini va boshqa muhim moddalarning muhim manbayi sifatida ratsioniga kiritilgan. Mahsulot, albatta, foydali, lekin hamma ham uni yaxshi ko‘rib iste’mol qilavermaydi, chunki ular oddiygina tuxum mahsulotidan antiqa ko‘rinishdagi taomlar tayyorlashni bilmasligi mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

Qovurilgan tuxumni kunjut sepilgan yangi bulochka bilan dasturxonga tortish mumkin. Salat bargi va boshqa ko‘katlar yegulikni yanada mazali qiladi va tuxumning yoyilgan sarig‘i sousning o‘rnini bosadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Makkajo‘xori uni va zaytun yog‘i bilan tayyorlanadigan bo‘tqa biroz quruq tuyilishi mumkin. Qovurilgan tuxum va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq bo‘tqa bilan ajoyib uyg‘unlikni hosil qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

Shakshuka – piyoz, sarimsoq, achchiq qalampir, pomidorni tuxum bilan pishirishning tunischa versiyasi. Ushbu taomda tuxum ko‘p qovurilmaydi, lekin mazali va g‘ayrioddiy ta’m hosil bo‘ladi.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

Agar an’anaviy tuxum va go‘sht kombinatsiyasi yoqmasa, uni o‘simlik yog‘ida piyoz bilan qovurilgan qo‘ziqoringa almashtirish kerak. Mahsulotlarni pechda pishirib, dasturxonga tortish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

Makaron mahsuloti tuxum bilan pishirilganda, yangicha ta’m hosil bo‘ladi. Shuningdek, tuxum sarig‘i sous o‘rnini bosa oladi.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

Bu ikki mahsulot bir-biri uchun yaratilganga o‘xshaydi. Hamma narsa imkon qadar tez va sodda tarzda tayyorlanadi. Avakadoni yarmi kesib olinadi, ichi chuqurcha shaklida o‘yiladi va bo‘shliqqa xom tuxum quyiladi. Pechda 200 daraja haroratda 15 daqiqa davomida pishiriladi.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

Meksika uslubidagi nonushta. Pishgan tuxum va eritilgan pishloq, salsa sousi, guakamol va quritilgan qalampir bilan non orasi to‘ldiriladi. Ushbu mahsulotlarning g‘ayrioddiy ta’midan bahramand bo‘ling.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

Tug‘ralgan sabzi va piyoz qovuriladi, ular oldindan pishirilgan guruch, no‘xat va makkajo‘xori bilan aralashtiriladi. So‘ngra tuuxm qo‘shilib, pishgunga qadar aralashtiriladi.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

Pitssaning yangicha ko‘rinishi. Tuxum, ko‘kat va pomidor bilan g‘ayrioddiy ko‘rinishda, lekin juda mazali pitssa tayyorlash mumkin. Do‘stlar bilan yoqimli oqshom uchun yaxshi variant!

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

Tez va mazali nonushta uchun yana bir variant. Tostning markazi dumaloq teshik qilib kesib olinadi, non tovaga qo‘yilib, ichiga tuxum quying. Non sariyog‘da qovuriladi va qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi. Mazasi barchaga manzur kelishi tabiiy.

Foto: “Domashniy ochag”
Foto: “Domashniy ochag”

От qwert.uz