Ushbu shokoladli shirinlik yumshoq va mazali. Malina esa uning ko‘rinishini yanada boyitadi. Mazkur retsept pazanda bekajonlar uchun ayni muddao.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • shokolad — 180 gramm;
  • sariyog‘ — 130 gramm;
  • tuxum — 3 dona;
  • shakar — 150 gramm;
  • un — 160 gramm;
  • qabartma (razrixlitel) — bir choy qoshiq;
  • kraxmal — bir osh qoshiq;
  • malina — 300 gramm;
  • kakao, tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Shokolad bug‘da eritib olinadi va sariyog‘ bilan aralashtiriladi.
  2. Tuxum, tuz va shakar aralashtirilib, shokoladli massaga qo‘shiladi.
  3. Ustidan qabartma va un solinib, suyuq xamir hosil qilinadi.
  4. Nachinka uchun kraxmal, malina va shakar aralashtiriladi.
  5. Pishiriq qolipigiga pergament qog‘ozi qo‘yiladi va xamirning bir qismi joylashtiriladi. Ustidan malina terilib, so‘ngra yana xamirning qolgan qismi quyiladi. Yuzasiga yana malina teriladi.
  6. Pechda 180 darajada 40—45 daqiqa davomida pishiriladi.
  7. Tayyor bo‘lgach ta’bga ko‘ra kakao sepish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz