Uy bekalari uchun o‘ziga xos okroshka retseptini taqdim qilamiz.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- kartoshka — 4 dona;
- tuxum — 5 dona;
- tovuq filesi — 400 g;
- tuz, murch;
- o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
- bodring — 2 dona;
- rediska — 7 dona;
- ko‘k piyoz, shivit;
- smetana;
- kvas yoki gazlangan suv.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qaynatilgan kartoshka va tuxumni kubik shaklida to‘g‘rang.
- Tuz va murch sepilgan tovuq filesini o‘simlik yog‘i solingan tovada qovurib oling.
- Bodring, rediskani kubik shaklida to‘g‘rang, ko‘katlarni maydalang.
- Mahsulotlar ustiga tuz seping, smetana soling.
- Gazlangan suv qo‘shing va muzlatkichga qo‘yib soviting.
Yoqimli ishtaha!