Istalgan go‘shtli ovqat va garnir bilan qo‘shib yeyish mumkin bo‘lgan salat retsepti bilan tanishing.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker
Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • baqlajon — 1 dona;
  • bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  • pomidor — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • petrushka;
  • sarimsoq piyoz — 2 dona;
  • tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Sabzavotlarni to‘g‘rab oling.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada piyozni qovuring.
  • Piyozni olib, baqlajon va bulg‘ori qalampirini 5 daqiqa davomida qovuring.
  • Pomidor, maydalangan sarimsoq, petrushka, tuz va murch qo‘shing.
  • Piyozni qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmani pechga mo‘ljallangan maxsus idishga soling.
  • 180 daraja qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib oling.
  • Soviganidan keyin dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz