Mazkur mazali yegulikni tayyorlash uchun 30 daqiqadan ko‘p vaqt ketmaydi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- tuz — 250 g;
- quritilgan sarimsoq piyoz — 0,5 choy qoshiq;
- tovuq filesi — 250 g;
- murch — 0,5 qoshiq;
- maydalangan qizil paprika — bir chimdim;
- jo‘xori kraxmali — 2 osh qoshiq;
- tovuq — 1 dona;
- non talqoni — 100 g;
- o‘simlik yog‘i — 500 ml.
Tayyorlanish jarayoni:
- Tovuq filesini uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘ling.
- Tuz, ziravorlar va kraxmal qo‘shib aralashtiring.
- Tovuq bo‘laklarini chaqilgan tuxumga botirib oling.
- Keyin non talqoniga solib 15 daqiqaga qoldiring.
- O‘simlik yog‘i solingan tovada 5-6 daqiqa davomida qovurib oling.
- Istalgan sous bilan qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!
