Iyul oyida tarvuz mavsumi boshlanadi. Uning tarkibida magniy, kaliy, fosfor va boshqa foydali vitamin va moddalar mavjud bo‘lib, ular asab tizimining faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek metabolizmni yaxshilaydi. Tarvuzning 92 foizi suvdan iborat bo‘lib, uni ajoyib tetiklantiruvchi mahsulotga aylantiradi. Bu issiqdan saqlanishga yordam beradigan yozgi ichimliklar uchun ajoyib tarkibiy qism. Quyida eng oson va eng tezkor tarvuzli kokteyl retseptlari bilan tanishib chiqing.

 — Manba: «Daryo» nashri.

“Tarvuzli zavq”

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • tarvuz
  • asal
  • muz bo‘laklari

Eng oddiy, lekin juda tetiklantiruvchi va shirin kokteyl. Blenderda barcha mahsulotlar aralashtiriladi. Bu ichimlikni erta tongda ichish tetiklik baxsh etadi. Asal tufayli immunitet tizimini mustahkamlashga qodir.

“G‘oyib bo‘lgan qulupnay”

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • tarvuz
  • qulupnay
  • qaymoq
  • yogurt
  • apelsin sharbati

Blenderda barcha mahsulotlarni aralashtirib, ajoyib smuzi hosil qilish mumkin. Ichimlik muzdek bo‘lishi uchun muzlatilgan qulupnay yoki muzdan foydalanish tavsiya etiladi. Uni tarvuz bo‘lagi yoki qaymoq bilan bezash mumkin.

“Tarvuzli sangriya”

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • tarvuz
  • sirop
  • laym
  • apelsin
  • qorag‘at

Bu retsept, ayniqsa, uyda do‘stlari bilan uchrashganda juda qo‘l keladi. Tarvuz bo‘laklari blenderda ko‘pirtiriladi, so‘ngra sharbati yaxshilab tortib olinadi. Alohida idishga qolgan mahsulotlar va sharbat quyilib, sovitkichga 4 soatga qoldiriladi.

“Tarvuzli moxito”

Foto: Harper’s Bazaar
Foto: Harper’s Bazaar

Kerakli mahsulotlar:

  • tarvuz
  • yalpiz
  • laym sharbati
  • sirop
  • muz

Tarvuz silliq bo‘lguncha ko‘pirtiriladi. Olingan sharbat kokteyl uchun stakanga quyiladi, pastki qismida bir necha yalpiz bargi solinadi va aralashtiriladi. Keyin laym sharbati, sirop, muz va qo‘shiladi. Ta’bga ko‘ra tarvuz bo‘lagi bilan bezatiladi.

От qwert.uz