Mazali taom tayyorlashni yoqtiradigan, ammo ko‘p vaqt sarflashni istamaydigan bekajonlar uchun ushbu retsept ayni muddao.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi – 300 gramm;
  • qovoqcha – 1 dona;
  • smetana – 4 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi va qovoqcha mayda bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Pishirish qolipiga avval qovoqcha, so‘ngra tovuq go‘shti solinadi.
  3. Ustidan tuz va ziravorlar sepiladi.
  4. So‘ngra smetana va ko‘kat solinadi.
  5. Qolip folga qog‘ozi bilan yopilib, 250 daraja qizdirilgan pechga 10 daqiqaga qo‘yiladi.
  6. Keyin pech harorati 200 darajaga tushiriladi va 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.
  7. Issiqligicha dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz