Mazali tovuqli taomni kechki ovqatga ham tushlikka ham pishirsa bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i — 1 dona;
  • tomat pastasi — 40 g;
  • un — 1 osh qoshiq;
  • tovuq filesi — 300-400 g;
  • suv — 300 ml;
  • tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Piyozni yarim dumaloq shaklda to‘g‘rang.
  • Sabzini qirg‘ichdan chiqaring.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada piyozni qovurib oling, sabzi qo‘shib aralashtiring.
  • Tomat pastasi biroz o‘tib esa un qo‘shib aralashtiring.
  • Uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lingan tovuqni tovaga soling.
  • 1-2 daqiqadan keyin qaynagan suv qo‘shing.
  • Tuz, murch solib aralashtiring.
  • Qopqog‘ini yopib 20-25 daqiqa davomida dimlab pishiring.
  • Alohida pishirib olingan guruch ustiga solib dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz