Zapekankani, nafaqat tushlik va kechki ovqat, balki nonushtaga ham tayyorlasangiz bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoq — 1 kg;
  • tuz, murch;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • tuxum — 2 dona;
  • sut — 180-200 ml;
  • pishloq — 250 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qovoqni uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘ling, formaga soling.
  • Tuz, murch seping va ustidan yog‘ quying.
  • 180 daraja qizigan pechda 30 daqiqa pechda pishirib oling.
  • Chaqilgan tuxumga sut, pishloq va tuz qo‘shing.
  • Aralashmani qovoq ustidan quying.
  • Qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
  • Pechda 20 daqiqa pishiring.
  • Ko‘katlar bilan bezang.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz