Vitaminlarga boy va mazali smuzini farzandlaringiz uchun tayyorlab bering.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • ismaloq — 1 stakan;
  • damlangan choy (ko‘k yoki qora) — 1 stakan;
  • kokos suti — 1 stakan;
  • nok — 1 dona;
  • olma — 1 dona;
  • quritilgan xurmo — 2 dona;
  • maydalangan dolchin — 1 choy qoshiq;
  • zanjabil;
  • kardamon.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Ismaloq, choy va kokosli sutni qo‘shib blenderda aralashtiring.
  • Olma va nokni bo‘laklarga bo‘ling.
  • Ismaloqli aralashmaga mevalar va boshqa mahsulotlarni qo‘shib yana blenderda aralashtiring.
  • Olovga qo‘yib biroz isitib oling yoki mikroto‘lqinli pechga qo‘ying.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz