Mevalardan tayyorlanadigan smuzi issiq kunda ayni muddao.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- banan — 1 dona;
- olma — 1 dona;
- olma sharbati — 0,5 stakan;
- tabiiy yogurt — 0,5 stakan;
- suli yormasi — 2 osh qoshiq;
- maydalangan dolchin.
Tayyorlanish jarayoni:
- Mevalarni uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lib chiqing.
- Barcha mahsulotlarni qo‘shib, blenderda aralashtiring.
Yoqimli ishtaha!