Ko‘pchilik yoqtirgan hamda tez tayyorlanadigan pitssani unsiz ham tayyorlash mumkin. Ushbu noodatiy retseptni sinab ko‘rishni tavsiya qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • gulkaram — 1 dona;
  • tuxum — 1 dona;
  • motsarella — 180-190 gramm;
  • parmezan — 50-60 gramm;
  • o‘simlik moyi — 1 osh qoshiq;
  • pomidor sousi — 3-4 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Gulkaram mayda bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Qaynoq suvga solib, 220 darajada qizdirilgan pechga qo‘yiladi.
  3. Suyuqlik qaynab chiqqach, karam qolipga bir qatlam qilib joylashtiriladi. Pechga yana 3-4 daqiqaga qo‘yiladi.
  4. So‘ngra ortiqcha namlikni olib tashlash uchun karam qog‘oz salfetkalar ustiga yoyib chiqiladi.
  5. Suvi qurigandan keyin blender yordamida maydalab, suyuqligi siqib olinadi.
  6. Maydalangan gulkaram tuxum, 80-90 gramm qirg‘ichdan o‘tkazilgan motsarella, parmezan, tuz va murch bilan aralashtiriladi.
  7. Tayyor bo‘lgan massa yog‘langan pishiriq qog‘oziga joylashtiriladi. Taxminan 20 daqiqa davomida pechda pishiriladi.
  8. Pitssaning yuzasiga sous va qirg‘ichdan o‘tkazilgan motsarella sepiladi va yana 10 daqiqaga pechga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz