Mazkur retsept asosida tayyorlangan sousni hech ikkilanmasdan go‘sht va tovuqli taomlar, shuningdek, istalgan garnirga qo‘shib iste’mol qilsangiz bo‘ladi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- pomidor — 2500 g;
- sarimsoq piyoz — 1 ta;
- qalampir — 1-2 dona;
- tuz — 0,5 osh qoshiq;
- shakar — 1 osh qoshiq;
- quritilgan shivit.
Tayyorlanish jarayoni:
- Pomidorni bir necha daqiqa qaynagan suv soling, olgandan keyin po‘stini arting.
- Blenderda aralashtiring.
- Baland olovga qo‘yib qaynating, qaynab chiqqanidan keyin olovni pasaytiring (quyilgunicha taxminan 1-1,5 soat olovda tursin)
- Sarimsoq va qalampirni maydalang.
- Tuz va ziravorlar bilan qo‘shib aralashtiring.
- Ziravorli aralashmani pomidorga qo‘shib yana 10 daqiqa qaynating.
- Tayyor sousni sterillangan bankalarga solib chiqing.
- Ustini issiq qilib o‘rab qo‘ying.
Yoqimli ishtaha!