
Bir qarashda dunyodagi eng uzun ilon haqidagi savol oddiydek tuyuladi. Ammo ilonlar va boshqa sudralib yuruvchilarni o‘rganuvchi gerpetologlar uchun bu deyarli jiddiy bir masala.
Источник: — «Factodrom.com»
Yuzlab turlardan — mayda qum ilonlaridan tortib ulkan pitonlargacha — tabiat ajoyib xilma-xillikdagi shakl va o‘lchamlarni namoyish etadi. Bu rekordchilar ro‘yxatining boshida kim turibdi va hatto bitta ilonni o‘lchash ham nima uchun odatdagidan ko’ra qiyinroq kechadi?
Rasmiy ravishda dunyodagi eng uzun ilon sifatida to‘rli piton (Python reticulatus) tan olingan. Bu tur Janubi-Sharqiy Osiyoning tropik o‘rmonlarida yashaydi va uzunligi 10 metrdan ortiqroq bo’lishi mumkin! Hayvonot bog‘larida va hujjatlashtirilgan o‘lchovlarda ularning uzunligi 6 dan 8 metrgacha bo‘ladi. Voyaga yetgan urg‘ochisining og‘irligi esa 100 kilogrammdan oshishi mumkin, tanasining mushaklari shunchalik kuchli boladiki, u o‘zidan kattaroq hayvonni osongina bo‘g‘ib o‘ldira oladi.
Ammo ilonning aniq uzunligini aniqlash umuman oddiy ish emas. Gap shundaki, ilon tanasi juda elastik va osongina cho‘ziladi. Agar ilon o‘limidan keyin darhol o‘lchansa, mushaklari bo‘shashadi va tanasi tirik paytidagidan uzunroq bo‘lib chiqadi. Shuning uchun olimlar faqat standartlashtirilgan usullardan foydalanadilar: tirik ilonlarni tinch holatda, ko‘pincha yumshoq o‘lchov lentasi yordamida, tanasining egilishlarini takrorlab o‘lchaydilar. Ba’zan hayvonni stressga solmasdan maksimal aniq ma’lumot olish uchun foto va video suratga olish hamda keyin raqamli ishlov berish usulidan foydalaniladi.
Qiziq fakt shuki, Janubiy Amerikadagi ulkan anakondalar ko‘pincha to‘rli pitonlarning raqibi deb hisoblansa-da, aslida ular qisqaroq, lekin ancha og‘irroq bo‘ladi. Yashil anakondaning (Eunectes murinus) uzunligi 6–7 metrga yetishi mumkin, ammo xuddi shu uzunlikdagi pitondan ikki barobar og‘ir — ya’ni 250 kilogrammgacha vaznda bo’ladi! Bu uni sayyoradagi eng og‘ir ilon ekanidan dalolat beradi, garchi eng uzun ilon bo‘lmasa ham.
