Vladimir Putin Runet ni izolyatsiya qilish to’g’risidagi qonunga imzo chekdi

Byqwert.uz

2 мая, 2019

Hujjat oxirgi bosqichdan o’tdi va 2019 yilning 1 noyabridan boshlab olti oy ichida kuchga kiradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Internetining avtonom segmentini yaratish to’g’risidagi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborot portalida
e’lon qilingan.

Qonun kuchga kirishining rasmiy sanasi — 2019 yil 1 noyabr. Milliy domen nomlari tizimiga kiritilgan qator qoidalar 2021 yildan kuchga kiradi. Rossiyada Internet xavfsizligi va barqaror ishlashiga tahdid soladigan xavf tug’ilsa, tarmoq nazorati Roskomnadzor tomonidan boshqarilishi aytilmoqda.