Qidiruv bo’yicha so’rovlar va harakatlar haqidagi ma’lumotlarni o’chirib tashlash vaqtini mustaqil ravishda sozlsh imkoniyati tug’ilmoqda — deb yozadi «Mail.ru Hi-Tech».
Internet-gigant Google o’z foydalanuvchilari uchun ma’lumotlarni boshqarish imkoniyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya ilovasi bu ma’lumotlarni odatda o’z ishini va shahsiy ma’lumotlar ta’minotini yahshilashda foydalanadi.
«Joylashuv tarixi» yoki «internetdagi va ilovalardagi faollik» kabi sozlamalarni yoqsangiz, to’plangan ma’lumotlar Google «mahsulotlari»ni yanada foydali qilishi mumkin: sizga ma’qul keladigan restoranni tavsiya etilishi yoki siz o’tgan galdagi qidiruv chog’ida qaerga kelgan bo’lsangiz, yana huddi o’sha yerdan qidiruvni qayta davom ettirishda yordam berilishi mumkin.
«Sizning ma’lumotlaringizni xavfsiz saqlashga harakat qilmoqdamiz va sizning fikr-mulohazangizni eshitib, ushbu ma’lumotlarni boshqarish yoki yo’q qilish usullarini soddalashtirish kerak » — deyiladi kompaniyaning bergan habarida.
Ma’lumotlar xavfsizligi sozlamalarini o’zgartirish uchun foydalanuvchi faqatgina Google hisobidagi parametrlarga o’tadi va ilovani vaqtinchalik ma’lumot yig’ishni to’xtatishi uchun tegishli parametrni o’chirib qo’yadi.
Bundan tashqari, Google ilovalardagi faoliyat haqidagi barcha ma’lumotlarni o’chirish uchun vaqtni sozlash imkonini beruvchi funktsiyani taqdim etdi. Tizimning o’zi barcha ma’lumotni 3 oy yoki 1,5 yil ichida — foydalanuvchining tanlovida o’chiradi. Shu bilan birga, YouTube da ko’rilgan ma’lumotlar tarixi yoki Google Assistant ovozli buyruqlar kabi ma’lumotlar o’chirilmaydi.