Facebook dasturchilar uchun har yili o‘tkaziladigan F8 2019 konferensiyasida ijtimoiy tarmoq sayti va dasturining FB5 deb nomlangan yangi dizaynini namoyish etdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Foto: TJournal
Qayd etilishicha, endilikda Facebook “yanada sodda, tezkor va o‘ziga jalb etuvchi” bo‘ladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi
Facebook dasturi foydalanuvchilari uchun yangilanishlarning bir qismi darhol taqdim etiladi, kompyuter versiyasi dizaynini yangilash esa “yaqin bir oy ichida” olib boriladi.
Yangi dizaynda ko‘proq guruhlarga urg‘u berilgan, foydalanuvchilar yangi guruhlarni topishi osonlashishi uchun yorliq yangilangan. Shuningdek, barcha bo‘limlar, shu jumladan video va marketpleysda u yoki bu guruhga qo‘shilish uchun maslahatlar paydo bo‘ladi.
Foto: TJournal
Guruhlar ularning maqsadidan kelib chiqqan holda turli funksiyalarni amalga oshiradi. Masalan, tibbiyotga oid guruhda ismini ko‘rsatmasdan turib muloqot qilish mumkin. Ish beruvchilar esa ijtimoiy tarmoq ichida vakansiyalar haqidagi maxsus postlarni yaratishlari mumkin. Facebook, shuningdek, umumiy guruhlar asosida yangi do‘stlarni tavsiya qilishni boshlaydi.