The New York Times jurnalida Facebook hamasoschisi Kris Xyuzning AQSh hukumatini ijtimoiy tarmoq va uning rahbari Mark Sukerberg hokimiyatini cheklashga chaqirgan kolonkasi chop etildi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: “RBK”

Xyuz Facebook’ni bo‘lib, unga tegishli Instagram va WhatsApp’ni mustaqil kompaniyalarga aylantirishni, shuningdek, AQShda texnologiya bozorini nazorat qiladigan hukumat organini tashkil etishni taklif qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Xyuzning fikricha, u birinchi navbatda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotini to‘liq sir saqlashi kerak.

“Markning ta’sir doirasi AQSh hukumati yoki xususiy sektordagi har qanday odamnikidan katta. Bu aqlga sig‘maydi”, — deb yozadi Xyuz. Uning ta’kidlashicha, Sukerberg “yaxshi, mehribon inson, lekin uning Facebook’ni ommalashtirish maqsadi xavfsizlik va madaniyatni yo‘qqa chiqargan”.

От qwert.uz