Keksalikda ko‘rish qobiliyatini kamayishini oldini olish uchun xaftada ikki yoki to‘rtta tuxum eyish etarli» — deb yozadi «Mail.ru health». .
Sidney Universiteti (Avstraliya) qoshidagi tibbiy tadqiqotlar Uestmid oliygoxi oftalmologiya kafedrasining bir gurux xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan.
Tadqiqotchilar 2 mingdan ziyod insonga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni taxlil qilganlar. O‘tkazilgan tadqiqotning boshlanishidayoq bu insonlarning yoshlari 49 ni va undan yuqorini tashkil qilgan xolda, ular tuxum iste’mol qilishlariga doir savollarga — xaftasiga necha dona tuxum iste’mol qilishlari va uni qay tarzda iste’mol qilishni ma’qul ko‘rishlari xaqida ma’lumot berib, javob berishgan. Tadqiqot ishtirokchilarining salomatliklari ustidan nazorat qilish jarayoni 15 yil mobaynida uzluksiz olib borildi.
Pirovard natija shuni ko‘rsatdiki, xaftasiga 2 tadan 4 tagacha tuxum iste’mol qilishga odatlanganlarda boshqa xaftasiga bir dona tuxum iste’mol qilganlar bilan yoki umuman bir dona xam iste’mol qilmaganlar bilan solishtirilganda, yoshga doir kasallik xisoblangan makulyar distrofiya (odatda 50 yoshdan keyin xuruj qiladigan — ko‘z to‘r qavatining ko‘rmay qolish kasalligi) bilan kasallanish extimoli 62 % ga kamayganligi kuzatilgan,
Jumladan, tadqiqotchilar yanada ko‘proq (xaftasiga 5-6 tadan) tuxum iste’mol qilish kasallanish xavfini yanada pasaytirishini aniqladilar. Biroq bu daraja me’yorga aylanib — kuniga bir yoki bir nechta tuxumni iste’mol qilganlar uchun yoshga bog‘liq makulyar distrofiyaning rivojlanish extimoli bir xil darajada qolgani kuzatilgan.
Tadqiqot mualliflari ularning ya’na bir foydali jixatini, ya’ni biologik faol moddalar xisoblangan karotinoidlarga boy bo‘lganligi sababli — tuxumning ko‘z to‘r qavatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini xam aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar.
Ayniqsa, ko‘z to‘rini shikastlanishdan va emirilishdan asrovchi, kuchli tabiiy antioksidant xisoblangan lyutein va zeaksantinlar tuxumning sarig‘ida ko‘plab miqdorda mavjud. Tabiatda esa, lyutein va zeaksantin tuxum sarig‘idan tashqari, ko‘k bargli sabzavotlarda xam mavjudligi fanga ma’lum (ismaloqda, turli xil salatlarda, karamda va xokazolarda)