AQSh olimlari shikastlangan ko‘z to‘r pardasini taklash yo‘lini kashf qildilar — deb yozadi
«Mail.ru health».

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - cee3dc9d35f708384f0a33c917ebf945.jpg

Buning uchun ular oqsillarni bloklash kaskadini ishga tushirdilar, bu esa sichqonlarning ko‘z to‘r pardasidagi xujayralar boshqa turdagi xujayralarga ikki barobar ko‘proq aylana boshlagan. Kelgusida bu usul yo‘qotilgan ko‘rish qobiliyatini nafaqat sichqonlarda, balkim insonlarda xam tiklanishiga olib kelishi mumkin.

Kemiruvchilar ko‘z to‘r pardasida regeneratsiya jarayoni kuzatilmaydi. Lekin, keng ommalashgan danio-rerio balig‘ida aksincha bo‘lib, xujayralar tiklanadi. Myuller xujayrasi deb ataluvchi danio-rerio balig‘i ko‘z to‘r pardasi tarkibiga kiruvchi maxsus xujayralar ko‘z to‘r pardasining neyroniga aylanadi. Kemiruvchilarda xam «Myuller xujayrasi» mavjud bo‘lib, lekin ular noma’lum sabablarga ko‘ra, proliferatsiya, ya’ni boshqa turdagi xujayraga aylana olmaydilar. lekin baribir, ular boshqa turga aylanishni boshlaydi, lekin tezda so‘nib qoladi.

Olimlar nima uchun bunday xodisa ro‘y berishini, bu xolda qandaydir chora ko‘rishning imkoni bormi yoki yo‘qmi degan savolga javob topmoqchi bo‘lishdi. Ular organizmlarni o‘sishi va rivojlanishini nazorat qiluvchi, oqsillar to‘plamidan tashkil topgan «Hippo» signal yo‘lini esladilar. «Hippo» transskriptsion faktor CUCLIN D1 oqsilini sintez qilishda qo‘llaniladigan YAP oqsili bilan bog‘lanishni biladi. U esa o‘z navbatida Myuller xujayralari neyronga aylanishi uchun zarur.

Olimlar Myuller xujayrasini ko‘z to‘r pardasining boshqa xujayrasiga aylantirish va shu tariqa YAP oqsilini tiklashga «Hippo» xalaqit beradi deb taxmin qilmoqdalar. Buni tekshirish uchun, «Hippo» ga kiruvchi va YAP oqsili bilan bog‘lanib, uni bartaraf qiluvchi Lots1 va Lots2 oqsillari o‘chirilgan sichqonlardan foydalandilar.

Sichqonlar tug‘ilganidan 21 kun o‘tgach, tadqiqotchilar ularning ko‘z to‘r pardasini o‘rganib, CYCLIN D1 oqsilining miqdori oshib ketganligini aniqlashdi. Bundan tashqari ular tajriba ostidagi sichqonlarda proliferatsiya bosqichida ko‘z to‘r pardasi xujayralari miqdori nazorat guruxidagi xayvonlarnikiga qaraganda ko‘proq ekanligini aniqladilar.

Tajribaning 2-bosqichida olimlar boshqa sichqonlar bilan tadqiqot olib bordilar. Endi ulardagi «Hippo» ga yo‘lidagi oqsillarni emas, YAP oqsilini almashtirdilar. Ular bu oqsilning serin aminokislotasining barcha qoldiqlari alanin bilan almashtirilgan shaklidan foydalanishdi-ki, natijada Lots1 va Lots2 oqsillar u bilan bog‘lana olmadi. Ushbu shakldagi oqsilli sichqonlarga NMDA retseptori ukolini qilib, ko‘z to‘r pardasini shikastladilar, 5 kundan keyin, olimlar ko‘z to‘r pardasi shikastlanmagan nazorat guruxidagilarga qaraganda ko‘z to‘r pardasi proliferatsiya qilingan xujayralar miqdori 2 barobarga ko‘p ekanligini guvoxi bo‘ldilar.

Tajriba doirasida xozircha tibbiyot mutaxassislari «Myuller xujayralari» ning proliferatsiyasiga erishdilar xolos.

Endilikda olimlar Myullerning proliferatsiyalanuvchi xujayralarini qanday qilib shakastlangan ko‘z to‘r pardasidagi xujayraga almashtirish ustida bosh qotirishmoqda.

От qwert.uz