AQSh prezidenti Donald Trampnning 2018-yilgi daromadi 421 million dollardan oshdi. Bu haqda AQSh Davlat organlari xizmat etikasi boshqarmasi tomonidan chop etilgan davlat rahbari daromadi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayanib, Bloomberg xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi
Foto: EPA
Meduza’ning yozishicha, Trampning aktivlari ro‘yxati 551 banddan iborat. Ularning aksariyatida daromadlarning aniq summasi emas, faqat diapazoni keltirilgan. Shu sababli CNBC va CNN’ning AQSh prezidentining daromadlarini baholashi Bloomberg’nikidan farq qiladi. Mazkur OAVlar hisob-kitobiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida Tramp 434 millon dollar atrofida daromad topgan.
Hujjatlar ko‘chirmasidan ma’lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti daromadning aksariyat qismini ko‘chmas mulklardan olgan. Xususan, Floridadagi Mar-a-Lago kurorti unga taxminan 23 million dollar, Vashintondagi Trump International mehmonxonasi salkam 41 million dollar, Mayamidagi Trump National Doral golf-kurorti esa 76 million dollar atrofida daromad keltirgan.
Donald Trampning 2017-yilgi daromadi, Bloomberg’ning baholashicha, kamida 452 millon dollarni tashkil etgan edi.