Andijon tuman davlat xizmatlari markazi talabga javob bermaydigan binoda ish yuritayotgan edi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Yangi bunyod etilgan maskan zamon talablariga mos ravishda qad rostladi. Bu haqda DXA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: DXA matbuot xizmati

Bu yerda 137 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Kelgusida bu ko‘rsatkich bir necha barobar ortishi ko‘zda tutilmoqda.

DXMda eng so‘nggi innovatsiyalar yo‘lga qo‘yilgan. Gologramma yordamida markaz faoliyat haqida to‘liq ma’lumot olish mumkin. QR — kodli “Infoland» ko‘rsatiladigan xizmat turi, uning talablari, pulli yoki aksincha bepul ekanligini ko‘rsatadi.

Foto: DXA matbuot xizmati

Bu yerda notarius xizmati yo‘lga qo‘yilgan. FXDYo, Xalq qabulxonasi, soliq maslaxatchisidan zarur ma’lumotlarni ham shu yerda olish mumkin.

WI-FI internet tarmog‘i ishlamoqda. Kutubxonada 2 000 ta xuquqiy va badiiy adabiyot, 15 000 dan ziyod elektron adabiyot bor. Bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi mavjud.

Foto: DXA matbuot xizmati

Davlat rahbarining “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan markazda Bosh vazir qabulxonasi tashkil qilindi.

Endi muammo va takliflar bilan kelgan tadbirkorlar Davlat xizmatlari markazlarida tegishli davlat organlari vakillari ishtirokida qabul qilinadi. Murojaatni joyida hal qilinishiga e’tibor beriladi, joyida hal qilish imkoniyati bo‘lmaganlari vakolatli idoraga nazoratga olingan holda yuboriladi.

Foto: DXA matbuot xizmati

Vakolatli organlarning birinchi rahbarlari qabulxona topshirig‘ini ko‘rib chiqib, natijalari va qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida 7 kun muddatda qabulxonaga yozma ravishda axborot beradi.

От qwert.uz