“Ummon” guruhining yana bir a’zosi jamoani tark etdi. Bu haqda guruh xonandasi Shohrux Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: “Daryo”

“Barcha kelayotgan savollarga javob beraman, bermasam bo‘lmaydi. Hamma gaplar to‘g‘ri endilikda ‘Ummon’ guruhini kelishilgan holda Jasur Rafiqov ham tark etdi. Oramizdagi do‘stlik abadiy qoladi. Hech qanday urushlar bo‘lgani yo‘q”, — deb yozadi xonanda.

Shohrux shuningdek, endi guruh taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savollarga ham tez kunda javob berishini yozib qoldirgan.

Avvalroq, “Ummon” ning yana bir xonandasi Zohid ham guruhni tark etgan edi.

От qwert.uz