Marhum qo‘shiqchi Uitni Xyuston o‘limidan yetti yil o‘tib, konsert dasturi bilan safarga otlanmoqchi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qiladi.

Foto: Wikipedia

Xabarlarga ko‘ra, qo‘shiqchi Xyustonning merosxo‘rlari bu taklif bilan chiqqan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Qo‘shiqchining menejeri Pet Xyustonning aytishicha, Uitni Xyustonning konsert dasturi uchun gologramma tayyorlanmoqda. Yulduzning ilgari e’lon qilinmagan ashula va musiqalari, unga bag‘ishlangan qo‘shiqlar jamlanib, musiqiy albom chiqariladi.

Gologramma safari chog‘ida Uitnining akasi, Petning turmush o‘rtog‘i Geri va boshqalardan iborat haqiqiy ansambl a’zolari birga chiqish qiladi. Pet marhum qo‘shiqchining menejeri vazifasini 2000-yillarning boshidan beri bajarib keladi. U Uitni merosining yagona boshqaruvchisidir.

Uitni Xyuston yetti yil oldin, 48 yoshida tasodifan cho‘kishi tufayli vafot etgan. Uning muvaffaqiyatli sahna karyerasi ancha oldinroq, giyohvand moddalarni iste’mol qilishi oqibatida tugagan edi.

От qwert.uz