Facebook’ning bir necha aksiyadorlari Mark Sukerbergning kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketishini talab qilgan edi. “Kommersant”ning xabar berishicha, 29-may kuni direktorlar kengashi a’zolari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamagan —  deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Foto: “Tvzvezda.ru”

Aksiyadorlar kengashga yana yettita taklif kiritgan bo‘lib, ularning barchasidan ko‘zlangan maqsad “Sukerbergning nazoratini zaiflashtirish” bo‘lgan. Direktorlar kengashi taklif qilingan tashabbuslarning hech birini qanoatlantirmagan.

Avvalroq Facebook asochilaridan biri Kris Xyuz Mark Sukerbergning nufuzi AQSh hukumati yoki xususiy sektordagi har qanday odamnikidan ko‘proq ekanligini ma’lum qilgan edi.

Shu bois, Xyuzning fikricha, ijtimoiy tarmoq monopoliyasini tugatib, Facebook’ni bir necha kompaniyalarga bo‘lib yuborish kerak. Mark Sukerberg bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagan edi.

От qwert.uz