Bugun, 18-iyun kuni Mars va Merkuriy bir-biriga yaqin keladi, buni o‘zbekistonliklar ham kuzatishi mumkin. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti xodimi fizika-matematika fanlari doktori Sobit Ilyosov ma’lum qildi, deb yozadi “Zarnews.uz”.
Foto: “Zarnews.uz”
– Mars va Merkuriy sayyoralarining ham masofa jihatdan, ham osmon fonida bir-biriga maksimal yaqinlashishi noyob hodisa hisoblanadi. — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .Bugun, quyosh botganidan so‘ng shimoliy-g‘arbdan 15 gradus balanlikda yurtdoshlarimiz bu ikki sayyoraning osmon fonida bir-biriga yaqin masofada turgan holatini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Agar maxsus kuzatuv asboblari bilan baland joydan kuzatilsa, jarayonni bir soatdan oshiqroq vaqt mobaynida kuzatib tursa bo‘ladi. Keyin ikkalasi ham botadi. Ertaga ham ayni shu paytda kuzatsa bo‘ladi, lekin kun o‘tgan sayin ular bir-biridan asta-sekinlik bilan uzoqlashib boraveradi. Ikkala sayyoradan yorug‘rog‘i Merkuriy, xirarog‘i Mars bo‘ladi. O‘ng taraf tepada Merkuriy, chap taraf pastda Mars bo‘ladi.
Olimning aytishicha, sayyoralarni oddiy ko‘z bilan havo ochiq joyda, faqat balandlikdan yoki ochiq sayhonlikdan kuzatish mumkin.