Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rahbari va mutasaddilari ishtirokida ochi muloqot o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Ochiq muloqotda vazir Sh.Kudbiyev Koreya O‘zbekistonga kam kvota ajratayotgani xususidagi savolga quyidagicha javob berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

“Bizda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlar Koreyaga borgandan keyin bilimi kamligi aniqlandi. Bundan tashqari, migrantlar Koreyaga ishga borgandan keyin ish joyini o‘zgartirib, boshqa undan yaxshiroq joyga o‘tib ketayapti. Shartnoma shartlari buzilayapti va koreyaliklar bizga ishonchi qolmayapti. Endi bunday qilganlarga jarima miqdorini oshiramiz”, — dedi Sh. Kudbiyev

Shuningdek, vazir Koreyaga 3200 ta kvota berilsa-da, bizdan 2700 kishi ketayotganini aytdi.

Tadbirda Sh.Kudbiyev Rossiyadagi 1,5 ming vaqtinchalik qamoq jazosi qo‘llangan shaxslarni O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq savolga ham javob berdi:

“O‘zbekistondan ikki millionga yaqin kishi ishlaydi. Bir yilda 4 milliard dollar O‘zbekistonga jo‘natiladi. Rossiya ichki ishlar bo‘linmalarida vaqtincha ushlab turilgan 950 kishi yurtga qaytarildi. Yo‘lkira haqlarini ham to‘lab berdik”.

Hozirda Rossiyadan kelayotgan “200-yuk” ya’ni u yerda halok bo‘lgan hamyurtlarning jasadlarini olib kelish xarajatlarini qoplashga ham ko‘mak berish taklifi kiritilgan.

От qwert.uz