BMTning sudsiz qatl etilish masalalari bo‘yicha Inson huquqlari kengashining maxsus hisobotchisi Anyesa Kalamar tomonidan tayyorlangan hujjatda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining mamlakatdagi muxolifatchi jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limiga aloqasi borligi haqida dalillar keltirildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: “Gazeta.ru”

Hisobot Jenevada BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 41-sessiyasida Qoshiqchining o‘limi bo‘yicha tergov natijalarini baholashdan oldin nashr qilindi. Bu topilmalar 26-iyun kuni Kengash oldidan ham e’lon qilinadi.

Kalamarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu jinoyatda nafaqat qotillar aybdor deb topilishi kerak, balki ularga buyruq berganlar ham jazolanishi kerak. Shuning uchun Muhammad bin Salmanning Qoshiqchi o‘limiga aloqador ekanligini isbotlovchi dalillar mavjud.

Saudiya Arabistoni Turkiyadagi konsullikda janjal paytida xodimlari tomonidan jurnalistni o‘ldirilganini tan olmadi. Tergov davomida 11 kishi qo‘lga olindi, ularning 5 nafariga nisbatan prokuror o‘lim jazosini talab qildi.

От qwert.uz