AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Erik Tramp Chikagodagi kokteyl-barning xizmatchisi unga qarab tuflaganini ma’lum qildi. Ayol AQSh maxfiy xizmati tomonidan qo‘lga olingan, deb xabar berdi“Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

Erik Tramp ayolning harakatarini “yoqimsiz” deb baholagan hamda uning asab tizimida muammo borligini ta’kidlagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

Kichkina Trampning fikricha, tuflagan ayolning ortida o‘z tarafdorlarini otasiga qarshi qayrovchi demokratlar turibdi.

Amerika prezidenti o‘g‘lining qayd etishicha, mana shunday odamlarning jahlini ko‘rsatishi respublikachilarning qo‘li ustun kelayotganidan dalolat.

От qwert.uz