Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov: “Bizga ikkita qo‘shiq aytib yulduz bo‘lib oladiganlar kerak emas, ilmga qiziqadigan yoshlar kerak”

Отqwert.uz

28 июня, 2019

Xalqaro Press-klubning Islom sivilizatsiyasi markazidagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — “Spichrayter” Xayriddin Sultonov bugungi kunda yetishib chiqayotgan ilmli, ziyoli yoshlar borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qiladi.

Foto: “Xalq so‘zi”

“Mashhur polyak olimi Yan Geveliy yaratgan surat bor. Unda buyuk olimimiz Mirzo Ulug‘bek dunyoga mashhur astronom olimlari bilan o‘tirgani tasvirlangan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . O‘sha rasmda Ulug‘bek bobomiz orqasidagi lotincha yozuvni olimlarimiz tarjima qilgandi. Unda shunday so‘zlar yozilgan: “Ilmimni munosib avlodlarimga qoldiraman“. O‘ylashimcha, bu so‘zlarni aytayotganda Ulug‘bek bobomiz bugungi kundagi ming-minglab ziyolilarimiz, olimlarimizni nazarda tutgan.

Islom taraqqiyoti markazida bugun ishlaydigan kadrlar bormi?! Biz ularni tarbiyalashimiz kerak. Islom sivilizatsiyasi markazi haqiqiy yetuk, ilm fidoiylari markazi bo‘lishi lozim. Ilm mashaqqatlariga haqiqatan tayyor bo‘lgan fidoyi yoshlarni ko‘paytirishimiz kerak. Bir, ikki qo‘shiq aytib yulduz bo‘lib oladigan qo‘shiqchilarni emas. Biz bunday estrada bilan uzoqqa bora olmaymiz. Bizga ilmga qiziquvchan yoshlar kerak, ularni tarbiyalashimiz lozim. Islom taraqqiyot markazi O‘zbekistonning yangi renessans davrini boshlab berishi lozim”, — deya gapirib o‘tgan Xayriddin Sultonov.