Forbes jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil sayyoradagi eng boy odam deb Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos topildi. Jurnalistlarning aytishicha, uning aktivlari 131 milliard dollarni tashkil qiladi. Albatta, uning puli ko‘p, ammo u insoniyat tarixidagi eng boy odam hisoblanmaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Bu unvonga Chingizxon loyiq deb topilgan. Bugungi kunda buyuk mo‘g‘ulning qay darajada boy bo‘lganini baholashning deyarli iloji yo‘q.

Travel Ask nisbatan eng “kambag‘al” boylardan tortib, eng “badavlat” boylargacha bo‘lgan ro‘yxatni tuzdi.

  1. Xeshen. 132 milliard dollar

Sin sulolasi davrida Xitoy tangalari Foto: Travel Ask

Shubhasiz, 1750-yilda tug‘ilgan Xeshen Sin sulolasining eng boy ma’muriyatchisi hamda imperatorning sevimli a’yoni bo‘lgan.

2. Bill Geyts. 144 milliard dollar

Foto: Travel Ask

Microsoft firmasining asoschisi

3. Vilgelm de Varren. Surreyning 1-grafi. 146 milliard dollar

Foto: Travel Ask

XI asrdagi ushbu norman dvoryani Angliyada katta ko‘chmas mulk egasi bo‘lgan. 1086-yilda o‘tkazilgan Domesday Book tadqiqoti natijalariga ko‘ra, de Varenn Angliyaning 13 grafligidagi, xususan, Sasseksning obro‘li joylari, Norfolkdagi pomestye va qasr, Saffolk, Yorkshir va Esseks shaharlarida joylashgan yerlarga egalik qilgan. Hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 146 milliard dollarni tashkil etadi.

4. Jon Jakob Astor. 168 milliard dollar

Foto: Travel Ask

Amerikadagi kelib chiqishi nemis bo‘lgan birinchi multimillioner, savdogar. XIX asr boshida katta monopolga aylangan hamda AQSh va Kanadadagi savdoni nazorat qilgan.

5. Alan Rufus. Richmondning birinchi lordi. 195 milliard dollar

Foto: Travel Ask

Ushbu o‘rta asrlik aslzoda amakisi Vilgelm (Angliyaning bo‘lajak qiroli tufayli katta boylikka ega bo‘lgan.

6. Genri Ford. 200 milliard dollar

Foto: Travel Ask

Ford Motor Company avtomobil kompaniyasining asoschisi

7. Kornelius Vanderbilt. 202 milliard dollar

Foto: Travel Ask

1794-yilda kambag‘al shotland oilasida tug‘ilgan Vanderbilt temir yo‘l va yuk tashish sanoatida katta miqdorda kapital yig‘gan.

8. Muammar Kaddafi. 212 milliard dollar

Foto: Travel Ask

2011-yilda Liviya rahbari o‘z hukmronligi davrida 200 milliard dollar o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi. U pulni ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalar va neft tushumlaridan oldi.

9. Bosqinchi Vilgelm. 228 milliard dollar

Foto: Travel Ask

Angliyada hukmronlik qilgan birinchi norman. 1066-yil bosib olgan. Susseksdan Yorkshirgacha bo‘lgan yerlarni egallagan.

10. Usmon Ali Xon, Asaf Jax VII. 230 milliard dollar

Foto: Travel Ask

Hindistondagi Haydarobod knyazligining so‘nggi avlodi

11. Yakob Fugger. 277 millard dollar

Foto: Travel Ask

Bankir va savdogar, XVI asrdagi Yevropaning eng boy odami

12. Imperator Nikolay II. 300 milliard dollar

Foto: Travel Ask

1894-yildan 1917-yilgacha hukmronlik qilgan

13. Endryu Karnegi. 337 milliard dollar

Foto: Travel Ask

XIX asr oxirida AQSh metallurgiya sanoatini boshqargan

14. Jon D. Rokfeller. 367 milliard dollar

Foto: Travel Ask

1870-yil Standart Oil kompaniyasiga asos solgan va AQShdagi 90% neft biznesini boshqargan

15. Mansa Musa I. 415 millard dollar

Foto: Travel Ask

1312-yildan 1337-yilgacha Mali hukmdori bo‘lgan

16. Isroil shohi Sulaymon. 2,2 trillion dollar

Foto: Travel Ask

O‘zining 39 yillik hukmronligi davrida har yili 25 tonnadan oltin olgan

17. Imperator Oktavian Avgust. 4,63 trillion dollar

Foto: Travel Ask

Birinchi Rim imperatori

18.  Akbar I. 21 trillion dollar

Foto: Travel Ask

1556-yildan 1605-yilgacha buyuk Boburiylar imperiyasini boshqargan

19. Shen Szun-Sun. 30 trillion dollar

Foto: Travel Ask

1067-yildan 1085-yilgacha Xitoyni boshqargan

20. Chingizxon. Hisoblashning iloji yo‘q

Foto: Travel Ask

Buyuk mo‘g‘ul o‘zining 21 yillik hukmronligi davrida 12 million kvadrat mil yerni egallagan

От qwert.uz