Bugun, 1-iyuldan O‘zbekiston hududida kira qilish uchun mashinani bo‘yash talab qilinmaydi, bu haqda Uz24 ma’lum qiladi.
Foto: Uz24
Yo‘nalishsiz taksi rangini qonun hujjatlarida talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun (viloyatlarda sariq va Toshkent shahrida fil suyagi rangi) o‘zi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi, ularni bo‘yash shart emas — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Bu Prezidentning 6-martdagi “Yo‘lovchi va yuk tashish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Yo‘nalishsiz taksilar avtobuslar uchun ajartilgan maxsus harakat yo‘nalishida harakatlanishi hamda “To‘xtash taqiqlanadi” belgisi amal qilish hududida to‘xtashi mumkin.
Shuningdek, mobil ilovalardan taksometr sifatida foydalanish mumkin. Yo‘nalishsiz taksilar uchun talab etiladigan to‘lov terminallari, hisoblagich-taksometrlar va radioaloqa vositalari funksiyalarini maxsus ilovalar orqali (uyali telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) amalga oshirish mumkin.