Astronomlar Yer atmosferasiga kirishidan bir necha soat avval 4 metrli asteroidni aniqladi. U sayyora yuzasiga yetib kelmay yonib ketdi, deya xabar beradi “Korrespondent.net” .

Foto: “Korrespondent.net”

Olimlar hajmi avtomobilchalik keladigan asteroidni Puerto-Riko poytaxti San-Xuandan 380 kilometr janubda payqagan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi 

Garchi koinot jismi Yerdagi odamlar uchun xavf tug‘dirmagan bo‘lsa ham, bunday hodisa juda noyob hisoblanadi. Bu astronomlar asteroidni sayyora bilan to‘qnashuvidan avval payqagan tarixda to‘rtinchi holat bo‘ldi.

Qiziq tomoni, ularning barchasi oxirgi 11 yil ichida sodir bo‘lgan.

От qwert.uz