Shri-Lankada 43 yil mobaynidagi ilk o‘lim jazosi uchun ikki nafar jallod yollandi

Shri-Lanka rasmiylari mamlakatda 43 yil mobaynidagi ilk o‘lim jazosi uchun ikki nafar jallodni yolladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Narkotiklarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha aybdor deb topilgan 4 kishi qatl etilishi bildirilmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi 

Jallodlar kerakligi haqidagi e’longa 100 nafardan oshiq nomzod munosabat bildirdi. Ular “ruhiy kuch-quvvat”ga ega 18 dan 45 yoshgacha bo‘lgan mahalliy erkak bo‘lishi kerak edi.

Qamoqxona vakili tanlovdan g‘olib chiqqan qo‘sh nomzod ikki hafta atrofida davom etadigan tayyorgarlikdan o‘tishi kerakligini ta’kidlagan.