Dunyoda eng yosh milliarder qiz, o‘z nomida kosmetika brendi yaratgan Kayli Jenner o‘zining Instagram’dagi sahifasida Rolls-Royce Phantom mashinasini ko‘z-ko‘z qildi.

Foto: Instagram

Bunday mashinaning narxi taxminan 450 ming dollarni tashkil etadi. Modifikatsiyalangan salon qizil charm va Starlight Headliner yulduzli yoritgichlar (mashina shiftini tungi yulduzlari ko‘rinishini aks ettiruvchi mayda chiroqchalar) bilan jihozlangan  — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .Bunday shiftning bahosi 12 ming dollarni tashkil etadi.

Daily Mail’ning yozishicha, Jennifer bunday mashina turini birinchi marta ko‘rsatmayapti. O‘tgan yilning qishida uning ismi va yaltiroq shift bilan bezatilgan havorang Rolls Royce Wraith mashinasi surati bilan bo‘lishgan edi.

U, shuningdek, Royce Wraith Black Badge, Mercedes-Benz G-class, McLaren va olovrang Lamborghini Aventador mashinalariga ham egalik qiladi.

От qwert.uz