Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonova Olimpiada chempioni Alina Kabayevani shug‘ullantirgan vaqtda sodir bo‘lgan noodatiy holat haqida gapirdi, deb yozadi“Gazeta.ru”.
Foto: “RIA Novosti”
Ma’lum bo‘lishicha, avvaliga Kabayeva faoliyatini yakunlashga qaror qilgan, biroq u orada murabbiyining oldiga keladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi . Shunda Viner-Usmonova sportchiga bir shart bilan uni shug‘ullantirishini aytadi: Kabayeva doim Novogorskdagi mashg‘ulotlar bazasida bo‘lishi lozim edi. Alina rozi bo‘ladi, biroq hech qancha o‘tmay yashirincha o‘z mashinasida bazani tark etadi.
Keyinroq sportchining mashinasi o‘g‘rilab ketiladi. Usmonovaning ma’lum qilishicha, sportchining onasi mashina kalitlarini tanishlaridan biriga bergan, ular esa mashinani olib qochib ketgan. Shundan keyin Kabayeva bazadan chiqa olmaydigan bo‘ladi.
Usmonovaning ta’kidlashicha, Kabayeva bu “o‘g‘irlik” haqida oradan 15 yil o‘tib bilgan.
“U shunday ona bilangina chempion bo‘la olardi”, — deydi Usmonova.