Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Aysultan Buyuk Britaniyada politsiyachini tishlab oldi, deb xabar beradi “MK.ru”.
Foto: Sputnik
Ta’kidlanishicha, konstebl Ross Sembuk yigitning o‘z joniga qasd qilishiga yo‘l qo‘ymagan. Politsiya kichik Nazarboyevni begona kvartirada payqab qolib, qo‘lga olishga uringan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .
Hozirda Aysultan Nazarboyevga nisbatan politsiyachiga tan jarohat yetkazish fakti bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, u Sautuark qirollik sudi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Aysultanning do‘stlaridan biri voqea aslida boshqacha ko‘rinishda sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. U kafeda Aysultan bilan o‘tirganida, yaxshi ko‘rgan qizi qo‘ng‘iroq qilib, uyining eshigi yopilib qolganini aytgan. Taksi yordamida voqea joyiga yetib borgan yigitlar eshik qulfini buzishning imkoni yo‘qligi bilib, uchinchi qavatdagi kvartiraga oyna orqali kirishga harakat qilishgan. Aysultanning balkon orqali kvartiraga kirayotganini ko‘rgan qo‘shnilar uni o‘g‘ri deb o‘ylab politsiya chaqirgan.
Zudlik bilan yetib kelgan politsiyachilar yigitlarning hech bir gapiga e’tibor qaratmasdan, ularning qo‘lini kishanlay boshlagan. Ulardan biri Aysultanning tomog‘idan buqqan. Aysultan esa bug‘ilib qolmaslik uchun politsiyachini tishlagan. Shundan so‘ng yigitga nisbatan elektroshoker ishlatishib, uni idoraga olib ketishgan.
Hozircha sodir bo‘lgan voqeani Qozog‘iston ham, Britaniya ham rasman tasdiqlagani yo‘q.
Aysultan — Qozog‘istonning birinchi prezidentining qizi Darig‘aning to‘ng‘ich o‘g‘li. Hozirda u mamlakat Senati raisi hisoblanadi.